Yulduzli tunlar - Pirimqul Qodirov

16.11.08 | Xurshid

http//photoload.ru/data/9a/6b/65/9a6b65aedf8177783035f3a53ca21ed1.jpg


Yulduzli tunlar - Pirimqul Qodirov
Author: Pirimqul Qodirov
Publisher: Toshkent:G'afur G'ulom nomli nashriyot
Source:www.ziyouz.com
Publication date: 1981
Format / Quality: Pdf
Size: 1,2 Mb
Language:Uzbek-Latin


http//photoload.ru/data/4f/4c/bd/4f4cbddde0691893aad65c3ed451bd41.jpg

Цитата:

Pirimqul Qodirov


Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktyabrda Turkiston tizma togʻi etagidagi Kengqoʻl qishlogʻida tugʻildi. 1951 yildan Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini va 1954 yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi.

Birinchi kitobi — «Studentlar» 1950 yilda chop etilgan. Yangi avlod oʻzbek ziyolilarining shakllanishi «Uch ildiz» romanida (1958) tasvirlangan. Roman 1959 yilda Moskvada rus tilida chop etildi.

Yozuvchi tugʻilgan togʻli qishloq hayoti «Qora koʻzlar» (1966) romanida aks ettirilgan. P. Qodirov «Qadrim» (1963), «Erk» (1969), «Meros» (1975) qissalari, «Olmos kamar» (1977) romani muallifi.

Soʻng oʻttiz yil davomida xalqning tarixiy xotirasini uygʻotadigan «Yulduzli tunlar» (1978), «Avlodlar dovoni» (1988), «Ona lochin vidosi» (2001) nomli tarixiy romanlarni chop ettirdi. Bobur haqidagi roman oʻzbek tilida 6 marta, rus tilida 5 marta katta tirajda chop etildi. U hind, urdu, bengal, turk, qozoq, uygʻur, turkman tillariga oʻgirilgan.

Olim P. Qodirov «Til va dil» (1973), «Xalq tili va realistik proza» (1974) singari ilmiy, «Oʻylar» (1971), «Qalb gavhari» (2001) badia kitoblar muallifi.

L. Tolstoyning «Kazaklar» qissasi, K. Fedinning «Ilk sevinchlar», X. Deryaevning «Qismat» romani P. Qodirov tomonidan oʻzbekchalashtirilgan.
P. Qodirov 1990—2000 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining fan, taʼlim va madaniyat qoʻmitasining raisi, rais oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsatdi.
1988 yilda P. Qodirovga «Oʻzbekiston xalq yozuvchisi» unvoni, 1998 yilda «El-yurt hurmati» ordeni berildi.

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 11326
Рейтинг:
  • 3