Rauf Parfi - Karvon yo'li

03.05.13 | yabgu

http//photoload.ru/data/4b/06/34/4b0634bf8e6c9d0289c1102ced741317.jpg


<b>Karvon yo'li - Карвон йўли </b>
Author: Rauf Parfi / Рауф Парфи
Publisher: Toshkent:G'afur G'ulom nashriyoti
Publication date: 1969
Number of pages: 51
Format / Quality: PDF
Size: 2,5 Mb
Language:Uzbek

http//photoload.ru/data/e9/24/f6/e924f6e6f38f8d6dfa86be4bb8314047.jpg

Цитата:

RAUF PARFI


Rauf Parfi (taxallusi - O’zturk) 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga qarashli Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli bo‘lib, Farg‘onaning Vodil qishlog‘idan sho‘rolar quvg‘ini tufayli Sho‘ralisoyga kelib qolgan. Onasi - Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Farg‘onadan edi. Rauf 1958 yilda 8-sinfni tugatgach, o‘qishni Yangiyo‘l shahridagi kechki maktabda davom ettiradi, mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965 yillarda ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (diplom ololmagan). Rauf Parfi gazetalarda, Kinematografiya davlat qo‘mitasida, G’afur G’ulom nashriyotida, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, shu uyushmadagi Targ‘ibot markazida, «Jahon adabiyoti» jurnalida (1997-1999) ishladi. Rauf Parfi «O’zbekiston xalq shoiri» dir (1999). U 1992 yilda xalqaro Mahmud Qoshg‘ariy sovriniga sazovor bo‘lgan.
Rauf Parfi Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatning «Inson manzaralari», Mahmud Hodiyning «Ozodlik lavhalari» («Alvohi intiboh»), Karlo Kaladzening «Dengiz xayoli», A. Dyumaning «Uch sarboz» va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.

Asarlari:


«Karvon yo‘li» (1969, birinchi she’riy kitobi), «Aks - sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko‘zlar» (1976), «Qaytish» (1981), «Sabr daraxti» (1986), «Sukunat» (1989), «Tavba» (2000) kabi to‘plamlari, «Sukunat» (1991), «Adashgan ruh» dostoni, «Hijrat», «Men yolg‘izman», «Pag‘a-pag‘a oppoq qor yog‘ar», «Ona Turkiston» (1992), «Turkiston ruhi» (1993), «Saylanma» (1993), «Tong otmoqda», «Shoir», «Xato qildim», «Cho‘lpon», «Yomg‘ir yog‘ar» (bunda yomg‘ir ilhomning ramzi) kabi she’rlari, «Abdullajon» marsiyasi va boshqalar.
Цитата:
Buyuk o'zbek shoiri Rauf Parfining dastlabki kitoblatidan biri hisoblangan "Karvon yo'li" zamonaviy o'zbek she'riyatida chuqur iz qoldirgani yaxshi ma'lum.Bu kitobga kirgan bir qator she'rlar nafaqat ozbek,balki yangi turkiy adabiyotda katta burilish yasadi desak aslo xato qilmaymiz.
Roppa-rosa 17 yildan keyin - 1986 yilda nashr etilgan "Sabr daraxti" kitobiga so'zboshi yozgan ustoz Asqad Muxtor shunday fikrni aytgan edi:
"Rauf Parfi poeziyada murakkab va dinamik metaforalar usulini tanladi.Unda ayrim obrazlargina emas,balki butun she'r metafora harakatiga quriladi,metafora poetik tilga,obraz mantiqiga,she'riy tafakkur boyligiga aylanadi"
Rauf Parfi qoldirgan kitoblar tafakkur qilishga qodir insonlarning boyligi bo'lib qoladi.

<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!

Password: turklib</div>

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 2807
Рейтинг:
  • 4