Me'mor.Tarixiy roman / Меъмор.Тарихий роман

28.11.11 | yabgu

http//photoload.ru/data/53/6f/97/536f97f5b6ade761e011adcfe5bc28c2.jpg


<b>Me'mor.Tarixiy roman / Меъмор.Тарихий роман</b>
Author: Mirmuhsin/Мирму&#1203;син
Publisher: T., &#1170;афур &#1170;улом номидаги НМИУ
Publication date: 2003
Number of pages: 308
Format / Quality: PDF
Size: 18 Mb
Language: Uzbek

Цитата:
O’zbek sho‘ro she’riyati va nasrining tanilgan vakillaridan Mirmuhsin Mirsaidov 1921 yili Toshkentning Qo‘rg’ontegi mahallasida, kulol oilasida dunyoga keldi. O’rta maktabni tugatib, 1933 yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida shoir Shuhrat, Shukrullolar bilan birga o‘qidi.

«Ispan yigiti», «Sheralining mardligi», «Olov bolalar» kabi hikoyalari (1936), «Kamar» (1939) dostoni adib ijodining ilk mevasi sifatida ahamiyatli.

Mirmuhsin institutni tugatgach, (1941) o‘rta maktabda, radio, ro‘znoma va oynomalarda ishlab keldi. Ulug’ Vatan urushi yillarida xalqimizning qahramonligi adabiyotning bosh mavzusi edi. Shoirning «Panfilovchi» she’ri, «Er yurak» (1942) to‘plami o‘sha davr mahsulidir. Shoir ijodining kamoloti Ulug’ Vatan urushidan so‘nggi davrga to‘g’ri keladi. «Vafo» (1950), «Irmoqlar» (1961), «Qalb va falsafa» (1963) singari to‘plam va balladalarida, «Ziyod va Adiba» (1958) she’riy romanida zamonamiz kishilarining ma’naviy qiyofasi, Vatanga bo‘lgan munosabatlari bosh mavzudir.

Shoirning «Usta G’iyos», «Do‘nan» (1947), «Yashil qish», «Qadrdonlar» (1954) poemalarida o‘zbek dehqonlarining mardonavor mehnati ulug‘lanadi. Adibning “Dorbozlar” (4956) hikoyasida o‘zbek milliy xarakteri an’anavy san’ati jozibador ifodalansa, «Jamila» (1957) qissasi adabiyotimizdagi xotin-qiz qahramonlar gallereyasini boyitdi. «Hikoyalar» (1959), «Qizil durrralar» (1961), “Sozanda” (1963) kitoblarining tematik doirasi keng bo’lib, voqealar realistik bo‘yoqlarda berilgan.

Uning “Oq marmar” (1958), «Cho‘ri» (1959), «Tungi chaqmoqlar” (1964) povestlari u shoirgina emas, mohir nosir ekanligini ham namoyish etdi. Shuningdek, Mirmuhsin 60-70-yillarda turli mavzularga bag’ishlangan yirik polotnolar yaratdi. «Chiniqish» (1970), «Umid» (1969) “Degrez o‘g‘li” (1972) romanlari shular jumlasidandir.

Asrlar osha yashab kelgan tarixiy yodgorliklar va ular ijodkorlarining adabiy barhayotligini tasvirlovchi “Me’mor” (1974) romani keng jamoatchilik tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.
<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
</div>

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 3743
Рейтинг:
  • 5