Alisher Navoiy - Sab'ai sayyor - Nasriy bayoni bilan

02.06.10 | yabgu

http//photoload.ru/data//18/b2/18b2cfdd6c6461dc5029734f11df3c.jpg


<b>Sab'ai sayyor - Nasriy bayoni bilan</b>
Author: Alisher Navoiy
Nasriy bayon mualliflari:Inoyat Maxsum,Saidbek Hasanov
Publisher: Toshkent.,G'afur G'ulom nashriyoti
Publication date: 1991
Number of pages: 541
Format / Quality: PDF
Size: 18,7 Mb
Language:Uzbek

Цитата:
Alisher Navoiy ijodining yuksak cho&#699;qqisi «Xamsa» asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo&#699;lib, turkiy tilda to&#699;liq «Xamsa» yaratdi va turkiy tilda shunday ko&#699;lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.

«Xamsa» tarkibiga «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab&#700;ai sayyor», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlar kiradi.

«Hayratul-abror»da hamd, munojot, na&#700;t, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga bo&#699;lgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma&#700;rifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yo&#699;lida ulusdan o&#699;ta olmaganini anglatish bilan o&#699;zining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.

«Farhod va Shirin»da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki o&#699;sha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali o&#699;zining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy an&#700;analari yangilangan bo&#699;lsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining o&#699;zak muammolarini hal etishda asosiy o&#699;rin tutdi va bu yo&#699;nalishda Ahmad rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi.

«Layli va Majnun» dostonida arab ertaklari orqali ma&#700;lum syujet o&#699;zining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun ma&#700;naviy zamin bo&#699;ldi. «Xamsa» tarkibidagi «Sab&#700;ai sayyor» va «Saddi Iskandariy»da shohlik bilan bog&#699;liq masalalarni birinchi o&#699;ringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik an&#700;anasida o&#699;zining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. «Xamsa»ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414—1492) yuqori baho berdi.
<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
</div>

Remarks: Kitobning elektron nusxasi Ziyo.uz (www.ziyouz.com) tomonidan tayyorlangan

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 8172
Рейтинг:
  • 5