Mirzo Bobur g'azallari - Maqom oqshomi

24.10.13 | yabgu

http//photoload.ru/data/96/27/74/9627741872e285403ab865b0b4527989.jpg


Mirzo Bobur g'azallari - Maqom oqshomi
Artist: Various
Publisher: Turkiston Kutubxonasi
Publication date: 2010
Format / Quality: Youtube
Time:40 диплом min
Language:Uzbek




Цитата:
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.

Hayoti

Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da tugʻilgan. Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503—1504 yillarda Afgʻonistonni egalladi. 1519—1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526—1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos solgan, 26 dekabr 1530 yil Agra, Indiyada vafot etkan. Qabri keyinchalik vasiyatiga koʻra Qobulga koʻchirilgan.

Lirik merosi

«Qobul devoni» (1519)ga, 1528-29 yillarda «Hind devoni» ga jamlangan. Toʻliq devon tuzgani haqida maʼlumot bor. Sheʼrlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 gʻazal, 231 ruboiy va tuyuq, qitʼa, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. Sheʼrlarini mavzu jihatidan oshiqona, taʼlimiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur sheʼriyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.

Boburning ulugʻ asari «Boburnoma» boʻlib, uni «Vaqoe» deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494—1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va Oʻrta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. «Boburnoma»ning oʻndan ortiq qoʻlyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan. Oʻzbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asardan parchalar eʼlon qildi. «Boburnoma»ning 1948—1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda toʻldirilgan qayta nashri amalga oshirildi.

Boburning nashr qilingan asarlari «Boburnoma»ni Abdurahim xoni xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga, J.Leyden (1826) va V.Erskin ingliz tiliga, Pavel de Kurteyl (1871) fransuz tiliga, Rashit Rahmati Arat (1940) turkchaga, Mixail Sale (1943) ruschaga tarjima qilganlar. 1826—1985 yillar davomida «Boburnoma» 4 marta ingliz (1826,1905,1921,1922), 3 marta fransuz (187, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga oʻgirilgan.

Yangi alifbo-"Xatti Boburiy"ni (1504) kashf qildi. Unda sheʼrlar yozdi va Qur’on koʻchirtirdi.

Boburning soliq ishlari haqida maʼlumot beruvchi «Mubayyinul-zakot» (1521), aruz vazni haqidagi «Risolai aruz» (1523-25) kabi asarlari bor. «Aruz risolasi»da turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va sheʼriy asarlardagi koʻrinishlari; aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan. Xoja Ahror Valining «Volidiya» asarini oʻzbekchaga sheʼriy tarjima qilgan. Boburning «Harb ishi», «Musiqa ilmi» nomli asarlar yaratgani haqida ham maʼlumot bor. Ammo, ular topilgan emas.

Javohirlal Neru, M.Gandi, A.K.Singxa, B.A.Luniya kabi davlat va fan arboblari Bobur va boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi, jahon sivilizatsiyasidagi mavqeini haqqoniy eʼtirof etgan.

Bobur ijodi bilan xorijiy olimlardan U.Erskin, S.M.Edvards, A.Beverij, X. Beverij, R.M.Kaldekot, Ch.Stori, E.Xolden, L.U.King. F.J.Talbot, D.Ross, J.Elfiniston, I.Mano; F.Koʻprulu, Z.Mansuriy, A.K Singxa, R.Sharma, R.R.Arat, H.Boyir, Sh.Yorqin; N.Ilminskiy, N.Veselovskiy, A.Samoylovich, M.Sale, I.V.Stebleva; oʻzbek olimlari Fitrat, P.Shamsiev, H.Yoqubov, V.Zohidov, S.Azimjonova, A.Qayumov, A.Abdugʻafurov, Gʻ.Salomov, N.Otajonov, B.Qosimov, S.Hasanov, H.Boltaboev v.b. shugʻullanganlar. Oʻzbekiston Milliy universiteti olimlari Boburning sheʼriy mahorati, «Mubayyin» asari borasida tadqiqotlar olib borishmoqda.
Boburning ramziy qabri

«Bobirnoma» mavzusida qator badiiy asarlar ham yaratilgan. Flora Anna Stilning «Boburxon» (Parij, 1940), Fernard Grenardning «Bobur» (Parij, 1930), Harold Lembning «Bobur-yoʻlbars» (Nyu-York, 1961) romanlari, Vambek Gaskonining «Bobur va uning avlodlari yoki Buyuk moʻgʻullar» (Nyu-York, 1980) esse-romanlari shular jumlasidandir. Hindistonlik Muni Laʼl boburiylar haqida 6 ta roman yozgan. Oʻzbek adabiyotida Oybek, P.Qodirov, B.Boyqobilov, X.Sultonov, X.Davron Boburga bagʻishlab roman, qissa va dostonlar yaratdilar.

Bobur nomida xalqaro ilmiy eksriditsiya mavjud boʻlib, uning aʼzolari Bobur qadamjolari boʻylab besh marta safar uyushtirdilar. Ekspeditsiya materiallari asosida «Bobur va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni» memorial muzeyi tashkil qilinib, uning jamgʻarmasida Bobur nomi bilan bogʻliq 500dan ortiq kitob va manbalar bor. Andijonda Bogʻi Bobur tashkil qilinib, buyuk shoirning hoki keltirilgan ramziy qabr bor, Ark ichi memorial kompleksi Bobur yashagan davr haqida maʼlumot beradi.

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 16996
Рейтинг:
  • 4