Bibixonim Qissasi Author: Xurshid Davron Publisher: 'Sharq' NMAK Bosh tahririyati Publication date: 1990(I-nasr),2006 (II-nasr) Format / Quality: Pdf Size: 407 Kb Language:Uzbek/Lotin
Quote:
Bugun bu yorug' dunyoda bor-yo'g'i ikki kungina yashagan go'dakni tuproqqa topshirib qaytdik ... Uning onasi bolasi dunyodan ko'z yumganidan bexabar o'lim bilan olishib yotardi. Go'dakning otasi - hali turmushning achchiq-chuchugini totmagan, boshiga ilk marta tushgan bu noayon va notanish, beshafqat va qattol zarbadan garangsirab qolgan yoshgina yigit bolani ko'mishga borgan mendan va sherigimdan bu falokat siri va sababini izohlab berishimizni so'ragandek mo'ltirab boqardi. Sherigim - ko'pni ko'rgan odam: "Hechqisi yo'q, do'stim, hali umr oldingizda, bolalaringiz belingizda. Bir yarim kilolik etni deb o'zingizni qiynayvermang", -- deb tasalli taskin berar, ammo bu taskin, bola otasining bilmadim, mening yurak-bag'rimni o'yib borardi. Foniy dunyo azob-u uqubatini, quvonch-u shodligini ko'rmay ko'z yumgan go'dak o'limi - arosat davrimizning haybatli va chigal jumboqlari, dahshatli fojialari oldida hceh nima emasdek tuyulardi. Ammo dunyoda yashash, imon va vijdon oldidagi mas'uliyat hamisha eng oddiy jumboqlar va voqealar oldida ojiz qolmaganmi? Bu ojizlik inson qismatining asosiy mezoni emasmi? Go'dak o'limining Bibixonim bilan qanday bog'liq yeri bor ekan, deb o'zingizni qiynamang. Baribir o'ylab topolmaysiz. Ammo men Bibixonim haqidagi ushbu tarixiy badiani yozayotgan paytimda yuz bergan har qanday voqea, ongimda g'imirlagan har qanday fikr, yuragimda uyg'ongan har qanday his-tuyg'u Samarqand Malikasiga bog'liq, deb bilaman. Bobolarimiz: "O'lim haq!" - deganlar. Bunga shak keltirmayman. Biroq har qanday o'lim ham haq bo'lmasligini ham bilaman. Ana shu alg'ov-dalg'ov davrning zanglagan piehoqlari asab qillarini tinmay arralayotganini, zahar bilan to'yingan havoning bizni bo'g'ayotganini, meva-cheva tugul, havo, ona suti tarkibida paydo bo'lgan zahri qotilning go'daklar umriga zavol bo'layotganini ko'rib-bilib turib "O'lim haq!" - deyishimiz gunoh emasmi?!
Dear guest, you must be registered, in order to see the hidden text!
Dear guest, you must be registered, in order to see the hidden text!
Dear guest, you must be registered, in order to see the hidden text!
NB: No need to waste money on multiple file storage memberships! Use www.myDownloader.net to use premium features of RapidShare, MegaUpload, DepositFiles, Easy-share, Uploaded, Netload, SharingMatrix, Letitbit, HotFile & etc with one login, for a fraction of the total price. Get a free 250MB of downloads now!